Образовательная встреча и историческая выставка о жизни и деятельности джади…

03.10.2024310

    Jadidlar hayoti va faoliyatiga oid ma’rifiy uçraşuv va tarixiy körgazma

    Özbekiston Badiiy akademiyasida “Tilda, fikrda, işda birlik” mavzusida ijodiy uçraşuv taşkil etildi. Unda taraqqiyparvar bobolarimiz hayoti, ezgu işlari haqida batafsil söz yuritildi.

    “Akademiya” galereyasida esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimiz hayoti va faoliyatini örganiş, tarğib etiş hamda ularning xotirasini abadiylaştiriş borasidagi işlarni kengaytiriş töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida körgazma oçildi.        Özbekiston Badiiy akademiyasi, Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Özarxiv” agentligi Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Toşkent Fotosuratlar uyi bilan hamkorlikda siyosiy qatağon qurbonlari va jadid ma’rifatparvar yurtdoşlarimiz hayoti va faoliyatini örganiş, tarğib etiş hamda ularning xotirasini abadiylaştirişga bağişlangan “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi Özbekiston poydevori” şiori ostida arxiv hujjatlari, rangtasvir va haykaltaroşlik asarlaridan taşkil topgan badiiy körgazma rang-barang materiallarga boyligi bilan ahamiyatli böldi. 

    Körgazma ekspozitsiyasi juda ta’sirçan, qiziqarli, har bir tomoşabinni öyga toldiradi. Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondida saqlanayotgan I.B.Bahromovning “1898-yil. Andijon qözğoloni”, Alişer Aliqulovning “1916-yil qözğoloni”, Sa’dulla Abdullayevning “Turkiston muxtoriyati taşkil topişining e’lon qilinişi”, Farrux Ahmadaliyevning “Moskva-Volga kanali qurilişida özbek mahbuslarining işlaşlari”, “Quloq” qilingan oilalarning surgun qilinişi”, Orif Möminovning “Abdulla Qodiriyning qatl qilinişi”, Baxtiyor Mahkamovning “Dehqonlarning mol-mulkini musodara qilib quloq qiliş”, Ş.Qöziyevaning “Qözğolonçilarning öqqa tutilişi” kabi asarlari tomoşabinni befarq qoldirmaydi.  

    Şu bilan birga O.Bakirovning “Abdulhamid Çölpon tergov qilinmoqda”, Sardor Allaberganovning “Fitratning hibsga olinişi”, “Çölponning qatl etilişi”, Sobir Rahmetovning “Özbek ziyolilari uyida tintuv”, Aziza Mamatovaning “Abdulla Qodiriy” kabi kartinalarida siyosiy qatağon qurbonlari va jadid ma’rifatparvar yurtdoşlarimizning fojeali hayoti tasvirlangan.   
    

    Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi fondida saqlanayotgan – Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq nozirlari kengaşi  raisi Fayzulla Xöjayev, Abdurauf Fitrat – professor, yozuvçi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy, Furqat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mahmud Xodiyev, Abdulla Avloniy,  Oybek, Nozim Hikmat, Hamid Olimjon, Abdulla Qodiriy va boşqa tarixiy şaxslarga oid köplab fotosuratlar bilan tanişiş mumkin.    

    Şuningdek, körgazmada bir qator iqtidorli yoş haykaltaroşlardan Jasvant Annazarov tomonidan işlangan ma’rifatparvar bobolarimiz Muqimiy, Furqat haykali, Bahrom Norboyevning Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy haykali, Örolboy Yaxşilikovning Çölpon haykallari ham namoyiş etilmoqda.     

    Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan Özbekiston Oliy sudi tomonidan 1 ming 30 nafardan ziyod mustabid tuzum qatağoniga uçragan vatandoşlarimiz nomi oqlanib, tarixiy adolat qad rostladi va minglab jadidlar avlodlari qalbini yaralagan jarohatlar bitdi.   

    Zero, Yangi Özbekistonda inson qadri uluğlanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etişga qaratilgan islohotlarimiz jadid bobolarimizning ezgu ğoya va dasturlariga har jihatdan uyğun va hamohangdir.   

    Ma’rifiy tadbirda qayd etilganidek, bugungi farovon hayot, mustaqil Vatan, osuda kunlar qurbonlarsiz bölmagan. Jadidlarimizning buyuk namoyandasi Abdulla Qodiriyning “moziyğa qarab iş körmak xayrlidir”, degan ibratli sözlarini eslaş kifoya. Jaholatga qarşi kuraşiş, millat şa’nini himoya qiliş orqali mustamlaka bölgan Turkistonni dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari safida körişni orzu qilgan ajdodlarimizning orzulari  bugun röyobga çiqdi.     

    Jadidlar hayoti va faoliyatiga oid ma’rifiy uçraşuv hamda tarixiy mavzudagi körgazma barçada katta qiziqiş uyğotdi.  
                                                                                                                                                                   Nazokat Usmonova, ÖzA muxbiri