Adib va kino ustasi Uçqun Nazarovning xotirasi yodga olindi

19.11.2024488

                Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Özbekistonda xizmat körsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor, adib Uçqun Nazarov tavalludining 90 yilliliga bağişlangan xotira keçasi bölib ötdi

     Anjumanda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari, şoir Ğayrat Majid, Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin A’zam, taniqli operator, Özbekiston Respublikasi san’at arbobi  Abdurahim Ismoilov, Özbekiston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, ustoz jurnalistlar A’lo Xöjayev  va boşqalar milliy adabiyotimiz rivojiga hissa qöşgan ijodkorlar xotirasini e’zozlaş doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.         

           
       Anjumanda Uçqun Nazarovning ijodiy merosi öquvçilar va tomoşabinlar uçun xazina ekanini, bu adabiy va kinomeros köproq tarğib qilinişi kerakligi ta’kidlandi.
      –  Uçqun akaning birinçi hikoyasi nomi “Odamlar” edi, – dedi Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin A’zam. – Hikoyaning bunday nomlanişi biz uçun katta jasorat, şijoat edi. Keyinçalik uning yozganlari “Şarq yulduzi”, Moskvadagi “Drujba narodov” jurnallarida çop etildi. Uning ”Tunda ötgan umr” asarining yana bir nomi   “Surayyo” filmi yaratildi. Kino sohasida uşbu film öziga xos yangilik edi. Bu odamning yuragini körsatadigan film edi.  Uçqun Nazarov, Ölmas Umarbekov, Şukur Xolmirzayev, Botir Zokirov, Ötkir Hoşimov, Nizom Komilov singari ijodkor ziyolilar milliy adabiyotimiz, san’atimizga yangiça ruh, samimiyat olib kirgan ijodkorlardan edi.  Bu ijodiy davrani barpo etgan inson Abdulla Qahhor edi. Uçqun akaning yozganlari milliy kinematografiya san’atida “Surayyo”, “Yigit va qiz”, “Qöqon voqeasi” kabi badiiy filmlarda öz aksini topgan.  

    Darhaqiqat, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor Uçqun Nazarov  «Odamlar» (1961) hikoyasi bilan kitobxonlarga tanilgan.

    Abdulla Qahhor öşa yillarda Ölmas Umarbekovning «Boboyonğoq» hikoyasi bilan Uçqun Nazarovning «Odamlar» hikoyasini yoşlarning eng yaxşi asarlari qatoriga qöşgan edi. Şundan keyin uning «Ğurur» (1965), «Jur’at» (1977), «Sadoqat» (1965) nomli hikoya va qissalaridan iborat töplamlari çop etildi. Uçqun Nazarov «Iqror», «Odamlar», «Ğurur» kabi hikoyalari bilan kitobxonlar ommasiga manzur bölgan. Uning yirik asari – «Çayon yili» romani ham öquvçilar tomonidan iliq kutib olindi.

            
Uçqun Nazarov bir qança sahna asarlari ham yaratgan bölib, uning «Oyna» dramasi (1977) Hamza nomli akademik drama teatrida muallif tomonidan sahnalaştirilgan.

    U kinossenarist sifatida ham barakali ijod qilgan. Uning «Surayyo», «Qiz va yigit», «Şiddat», «Alanali sohil» va uç bölimdan iborat «Qöqon voqeasi» kabi badiiy filmlari tomoşabinlar e’tiborini qozongan. Sönggi filmi uçun ijodkorga 1977 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.

    Tadbirda Uçqun Nazarovning “Yoruğ dunyo” qissa va hikoyalardan iborat yangi töplami taqdimoti ham ötkazildi. Kitob Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida çop etildi.

                                                                                                                                                 Nazokat Usmonova, ÖzA muxbiri