Oliy ta’limda innovatsion boşqaruv joriy etilmoqda
Qöqon azaldan vodiyning ilm-ma’rifat markazi bölib kelgan. Şuning uçun ham bu yerdan xalqimizning eng ardoqli allomalari, şoiru fuzalolari yetişib çiqqan. Hozir ham şunday. Qöqon davlat pedagogika instituti 90 yildan buyon mamlakat miqyosida yirik ilm-fan, oliy ta’lim dargohi sifatida maşhur. Sönggi yillarda u yanada rivoj topdi. Hozir bu yerda 15 ming 300 nafar talaba 25 ta ta’lim yönalişida 20 ta mutaxassislik böyiça tahsil olyapti.
Institut rektori, professor Dilnoza Xodjayeva boşçiligidagi öqituvçi- professorlar har jihatdan mamlakatda yetakçilar qatorida. Kuni keça jamoaning tört nafar vakili, ular qatorida rektor Dilnoza Xodjayeva ham bor, “Özbekiston oliy ta’limi a’loçisi” kökrak nişoniga sazovor böldi. Buning asosli sabablari bor, albatta. Institutda yangilikka intiluvçan fidoyi rahbar va mutaxassislar sa’y-harakati bilan barça jarayon raqamlaştirildi. Buning uçun registrator ofis, ya’ni xizmatlar markazi taşkil etildi. Endi talaba faqat öqiş, ustoz bilim beriş bilan şuğullanadi. Barça taşkiliy işlar, ular esa 40 turga yaqin, registrator ofis tomonidan bajariladi.

– Registrator ofisni taşkil etişdan maqsadimiz dekanat va kafedra mudirlari faoliyatini yengillaştiriş, ular talabalar bilim sifatiga köproq vaqt ajratişiga qaratilgan, – deydi ofis rahbari Rahimjon Toşpölatov. – Xizmat safarida bölganimizda Yevropa mamlakatlarida körgan raqamlaştiriş jarayonini özimizning institutimizda ham joriy qilişni niyat qilganmiz. Yevropa va Osiyo mamlakatlaridagi ilğor tajriba heç ikkilanmay joriy etildi. Buning uçun ikkita bölim taşkil qildik. Ya’ni xizmatlar bölimi va ma’lumotlar bazasi bölimi. Xizmatlar bölimida dars jadvalidan boşlab talabalarga tegişli ma’lumotlar berib boriladi, öquv jarayonini boşqariş raqamlaştirilgan. Avvalgi dekanatdagi vazifalar registrator ofisiga olingan.

Dastlab oson keçmadi. Talaba va professor- öqituvçilar uçun bu mutlaqo yangi tizim edi. Registrator ofis nafaqat xizmat körsatadi, balki öquv sifatining belgilangan darajada bölişiga ham mas’ul. Bu iş videonazorat orqali amalga oşirilmoqda.
– Barça auditoriyalarimiz videokuzatuv kameralari bilan ta’minlandi. Bu körib turganingiz dars jarayonida bevosita talabalar nima bilan şuğullanayotgani, faolligi yoki nofaolligi, darsni tinglayotganligi yoki befarqligi aks etgan. Uni raqamli texnologiyalar orqari kuzatyapmiz. Bu barça talabalar faolligiga xizmat qiladi deb hisoblaymiz, – deydi institut öquv uslubiy boşqarmasi boşliği Behzodjon Boratboyev.

Endi öqituvçi-professorlarning dars ötiş uslubi, ma’ruza saviyasi ham hatto talaba ota-onasi tomonidan kuzatilişi, baholanişi mumkin.
– Videokameralarning örnatilişi ta’lim sifati oşişiga ham xizmat qiladi. Sababi dars jarayonida professor öqituvçilarimiz qanday ta’lim berayotganini kuzatiş imkoniyatiga ham ega bölamiz. Bu öz navbatida professor- öqituvçilarimizga katta mas’uliyat yuklaydi. Darslarda faol bölişga va talabalarimizga çuqurroq bilim berişga undaydi, – deydi Behzod Boratboyev.

Şunday qilib, Qöqon davlat pedagogika institutida Özbekistonda birinçilar qatorida öquv jarayoniga innovatsion usul muvaffaqiyatli tarzda joriy etildi.
Registrator ofisining yölga qöyilişi yakuniy nazoratlarni bevosita olişga mas’ul bölgan yangi nazorat tizimini işlab çiqişga sababçi böldi. 2024-2025 öquv yilidan boşlab yakuniy nazoratlarni raqamli texnologiyalardan foydalangan holatda registrator ofis xodimlari mas’ulligida ötkaziş imkoniyati yölga qöyildi.

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov ÖzA muxbirlari