Bizga nima kerak?
Dunyoda özining hayotini himoya qilmoqçi va öz maişatini ta’min etmakçi bölğon kişining tabiat qonunlari va hayot şaroitlari mujibinça qanday tadbirlar körarga va qanday çoralar izlarga tugunmoği qança lozim bölsa, sarbastona va mas’udona bir suratda yaşamakçi bölğon bir millatning hay’at majmuasi ham ijtimoiy hayotindagi vazifalarini loziminça ifo etmak yölinda harakat etişi öşança lozimdir. Aks holda, ul fardning hayoti naqadar tahlikaga ma’ruz qolursa, bul millatning hayoti ijtimoiyasi ham şul qadar tahlikaga uçrab özgalarning tasallut va asorati ostinda qolajaği tabiiy va şubhasizdir.

Yaşamak şartlari va hayoti ijtimoiyadaga vazifalarining eng umdalari: askarlik, maorif, til, adabiyot, ziroat, tijorat va sanoyi’ ekanligi ma’lumdir. Mana, hayoti ijtimoiyamizda lozim bölğon bu narsalarning barçasi hozirda bizda bormi? Bölsa qaysi holdadir?
Bu savollarğa qarşi töğri javob yozilğonda ixtiyorsiz qalam uyolur, kişi istiqboldan ma’yus bölur. Çunki mazkur narsalarning ba’zisi bizda yöq va ba’zisi hanuz ibtidoiy hoddadirki, bularning mumkin suratda vujudka ijtihod çiqarilişi uçun köb umrlar va köblar sarf qilmoq kerakdir. Lekin lozimai hayotimiz bölğon bu narsalarni vujudga çiqarib olğunça bizga zamon musoada etarmi, ya’ni fursat berarmi?
Siyosiy ahvolning hozirgi sur’atli özgarişiga qarağanda, zamon fursat bermas kabi körinadur. Şunday bölsa ham, hozirgi musoidi zamin va zamonni ğanimat bilib vatan, huquq va hayotimizning muhofazasi, istiqbolimizning ta’mini uçun kerak bölaturğon tadbir va çoralarğa kirişmagimiz lozimdir.
Mana, hozir uşbu savol vorid böladirki: bizga nima kerak?
Hozirgi vazifamizğa qarağonda bizga eng avval, askar keraqdir. Çunki hozirgi doxiliy şöriş va inqilob xorijiy duşmanlarning tajovuzidan ortiq bizga qarşi xatarli bir holğa aylanmaqdadurki, bu şörişdan vatan va hurriyatni qutqarib olmoq uçun askariy zör bir quvvatğa molik bölmoğimiz mutlaqo lozimdir.
Ma’lumdirki, hozirda bir yoqtsan Nikolay kosalesla-ri bölğon Aşqobod fitnaçilari, ikkinçi yoqdan kazaçiylar bilan … oyoqqa qalqib Turkistonimizni tahdid etmakda va faqir xalq hokimiyatini tahlikaga tuşirmakdadirlar. Bularning maqsadi hokimiyatni faqir xalqdan olib burjuazlarğa tobşurmoq va buning ila milliyunlarça beçora kambağal xalqni yanada boylarning oyoği ostinda ezdurmakdir.
Mana, uşbu doxiliy duşmanlarimizning hujumindan vatanimizni qutqarmoq va alarni tasallutindan muqaddas hokimiyatimizni muhofaza etmak uçun biz Turkiston faqir işçi va dehqonlariğa lozimdurki, öz oramizdan askariy firqalar taşkil etib, jonimiz va nomusimiz kabi aziz bölğon huquq va hurriyatimiz yölinda qurbon bölurğa hozir turayluk.
Dunyoda zolim ostinda nomussiz yaşamakdan huquq va hurriyat yölinda nomus bilan ölmak ming marta yaxşiroqdir.
Ey Turkiston işçisi! Oyoqğa tur! Duşmanlaringni bos! Yurtingni saqla!
Ey turkistonli turk öğli! Yaroğingni ol! Yovingni ot! Hurriyatingni saqla!
Hoji MUIN