21 октября – праздник узбекского языка

21.10.2024206

21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan vazir tabrigi

21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar va vaziri Qönğirotboy Şaripovning tabrigi

Hurmatli vatandoşlar, talabalar, aziz döstlar!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi nomidan barçangizni jonajon yurtimizda keng nişonlanayotgan qutluğ ayyom – Özbek tili bayrami kuni bilan çin köngildan qutlayman. 

Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan mamlakatimizda özbek tilining davlat tili sifatidagi örni va ahamiyatini oşiriş, uni zamon talablari asosida rivojlantiriş borasidagi xayrli işlar keng kölamda olib borilmoqda. Keyingi yillarda ona tilimiz nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti minbaridan doimiy ravişda yangrab kelayotgani, dunyoda ona tilimizni örganişga intilayotgan insonlar safining tobora kengayayotgani barçamizga ğurur-iftixor baxş etadi. 

Ona tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oşiriş borasidagi işlarda vazirligimiz tizimidagi oliy va professional taʼlim muassasalarida bir qator işlar amalga oşirilmoqda. Taʼlim dargohlarida xizmat qilayotgan olim va tadqiqotçilarimiz özbek tilining nazariy-metodik asoslarini yaratiş borasida kölamli işlarni amalga oşirişdi. Keyingi yillarda “Özbek tilining izohli luğati”, “Alişer Navoiy qomusi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”, “Falsafa” qomusiy luğati, “Özbekiston yuridik ensiklopediyasi”, “Islom ensiklopediyasi”, “Maʼnaviyat: asosiy tuşunçalar luğati”, “Pedagogika: ensiklopediya”, “Tarix atamalari luğati”, “Adabiyotşunoslik luğati”, “Yuridik atamalar luğati” kabi qirqdan ziyod ziyod fundamental kitoblarning naşr etilişida oliy taʼlim dargohlarimizning közga köringan professor va öqituvçilari iştirok etgani quvonarlidir. 

Şular qatorida özbek tilining elektron milliy korpusi va dasturiy mahsulotlarning özbekça ilovalarini yaratiş, özbek tilini Internet tarmoğida ommalaştiriş va munosib örin egallaşini taʼminlaş, davlat tilini örgatişga hamda matn tahririga möljallangan dasturlarni işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq qiliş böyiça ham kölamli işlar amalga oşirildi. 

Mamlakatimizda özbek tili va adabiyoti yönalişida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlaş hajmi hamda ilmiy tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Hozirgi kunda jami öttizdan ortiq oliygohda  uşbu mutaxassislik böyiça kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy taʼlim muassasalarida 7 ming nafardan ziyod fan nomzodlari va doktorlari, professor-öqituvçilar özbek tili va adabiyotidan dars bermoqda.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti qoşidagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini örgatiş va malaka oşiriş markazida vazirlik, idora va taşkilotlar xodimlari özbek adabiy tili meʼyorlari va imlo qoidalari böyiça muntazam öqitilmoqda. Universitetda taşkil etilgan “Özbek maktabi”da esa yuzlab xorijlik fuqarolar ona tilimiz va milliy madaniyatimiz asoslarini katta qiziqiş bilan örganmoqda. Bu borada keyingi yillarda naşr etilgan özbekça-xitoyça, özbekça-inglizça, özbekça-fransuzça, özbekça-nemisça, özbekça-arabça, özbekça-forsça luğat va sözlaşgiçlar muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bu yil oliy taʼlim muassasalarining 6 mingdan ziyod talabalari iştirokida “Ommaviy diktant” aksiyasi bölib ötdi. Şuningdek, yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar örtasida “Özbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovi muvaffaqiyat bilan ötkazildi. Vazirligimiz tizimidagi taşkilot va muassasalar Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti tomonidan har yili taşkil qilinadigan “Qadring baland bölsin, ona tilim” respublika tanlovida iştirok etib, nufuzli örinlarni qölga kiritişmoqda.

Qadrli döstlar!

Bu yil özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi mamlakatimizda keng nişonlanmoqda. Vazirligimiz jamoasi nomidan butun xalqimizni, şu jumladan, oliy va professional taʼlim sohasida xizmat qilayotgan professor-öqituvçilarimizni hamda köp ming sonli ilmga çanqoq talabalarimizni 21-oktyabr – Özbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy qutlaymiz, mustahkam soğliq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinçlik-omonlik tilaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy, buyuk maʼnaviy boyligimiz bölmiş ona tilimiz mangu bölsin!