1 noyabr kuni Hukumat Qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlaş va ularning hujjatlarini taqdim etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi
Unga köra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlaş, ularning hujjatlarini rasmiylaştiriş va taqdim etiş tartibi hamda yönalişlar böyiça talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy işlarini baholaş mezonlari belgilandi.

Talabgorlar 8 ta yönaliş — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatçilik faoliyati böyiça tanlovlar orqali saralanadi.
Mukofot ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoşlariga örnak bölib kelayotgan 14 yoşga tölgan va 30 yoşdan oşmagan iqtidorli xotin-qizlarga öqiş va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uçun beriladi.
Yönalişlar böyiça har bir öringa munosib talabgorlarni tanlaş quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:
— tuman (şahar) bosqiçi — 2 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar;
— Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi — 21 oktyabrdan 30 noyabrga qadar;
— respublika bosqiçi — 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar ötkaziladi.
Mukofot har yili Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.
Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, kökrak nişoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topşiriladi.
ÖzA