Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida tayinlov amalga oşirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruği bilan Akramov Abdumalik Abdumutaloviç Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda vazir maslahatçisi Şuhrat Ataxanov Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markaziga taşrif buyurib, markazga yangi tayinlangan direktorni jamoaga taniştirdi.



