Bizning ikkita öq tomirimiz, ikkita tayanç ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir
Davlat rahbari yoşlarimiz ongu tafakkurida milliy ğurur bilan birga umumbaşariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptiriş maqsadida yoşlarga oid davlat siyosatini takomillaştiriş zarurligini qayd etdi.
Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqaraş, daromadli kasb egalari etib tarbiyalaş, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oşno etiş uçun heç narsani ayamasdan, bor kuç va imkoniyatlar safarbar etiladi.
“Bugun faqat mana şunday ilğor yoşlarga, mana şunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yölida birlaşgan xalqqa ega bölgan davlatgina öz milliy manfaatlarini taʼminlaşga erişa oladi.
Bizning ikkita öq tomirimiz, ikkita tayanç ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk böladi”, – dedi davlatimiz rahbari.