Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilişni taklif qildi

20.11.2024154

        Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili” deb e’lon
qilişni taklif qildi

         Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.

        Majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.   

    Prezidentimiz sözining davomida bugun nafaqat Özbekiston, balki dunyodagi köplab mamlakatlar iqlim özgarişlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini qayd etdi.   

    Havo va suvning ifloslanişi, tuproq erroziyasi, çöllaniş, qazilma yoqilğilarni behisob işlatiş global isişga, tabiiy ofatlarning köpayişiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi soğliğiga zarar yetkazmoqda.   

    Bunga javoban mamlakatimizda uç yil avval “Yaşil makon” umummilliy loyihasi boşlandi. Qöşni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oşirişga kirişildi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişlarini örganiş universiteti taşkil etildi.   

    Şuningdek, Özbekiston Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan bu borada qabul qilingan ikkita muhim rezolyutsiyaning taşabbuskori böldi. Ayni vaqtda “yaşil” energetika iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga aylanmoqda.   

    El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohiş-istaklarini atrofliça örganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib çiqqan holda, bu boradagi işlarni yangi, yanada yuksak bosqiçga kötariş maqsadida Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilişni taklif qildi.   

    Yiğilganlar uşbu taşabbusni töliq qöllab-quvvatladilar.   

                                                                                                                                                            ÖzA