Oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uçun navbatdagi malaka oşiriş kurslari boşlandi
Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 30 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning malakasini oşiriş kurslarini taşkil etiş töğrisida”gi 137-son buyruğiga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida tyutorlar uçun 36 soatga möljallangan qisqa muddatli malaka oşiriş kurslari faoliyati yölga qöyilgan.
Malaka oşiriş kursidan közlangan maqsad – tyutorlarning oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoşlar böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni ma’naviy-ma’rifiy, öquv-uslubiy, ijodiy-innovatsion faoliyat sohalari böyiça zamonaviy bilim, könikma va malakalarni, kompetensiyalarini rivojlantirişdan iboratdir.
Jumladan, kurs davomida tyutorlarga oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatin taşkil etişning normativ-huquqiy asoslari, tyutorning kasbiy kompetensiyalari va liderligi, talabalar bilan tarbiyaviy işlarni taşkil etiş texnologiyalari, talabalar jamoasi psixologiyasi talabalar ijodiy-innovatsion faoliyatini taşkil etiş kabi yönalişlarda ma’ruzalar, seimnar-treninglar taşkil etilmoqda.




Öquv jarayonlariga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-öqituvçilari, amaliyotçi mutaxassislari jalb etilgan bölib, öquv maşğulotlari interfaol metodlar yordamida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda töğridan-töğri va masofadan (onlayn) taşkil etilmoqda.
2024-yilning joriy holatiga köra, 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining ja’mi 872 nafar tyutorlar malaka oşiriş kursida tahsil oldi, ulardan 411 nafari töğridan töğri, 461 nafari masofaviy (onlayn) kurslarda öqidi, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tyutorlar sertifikat bilan taqdirlandi.