Konstitutsiyaviy sud axborotida Asosiy qonunni amalga oşiriş böyiça bir qator takliflar ilgari surildi

06.12.2024182

        Konstitutsiyaviy sud axborotida Asosiy qonunni amalga oşiriş böyiça bir qator takliflar ilgari surildi

    Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bölib ötdi. Unda Oliy Majlis palatalari, Hukumat, Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşi, Boş prokuratura,     Adliya vazirligi, NNT, ta’lim taşkilotlar vakillari, Konstitutsiyaviy sud ilmiy-maslahat kengaşi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

    Majlisda 2024 yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati töğrisidagi Konstitutsiyaviy sud axboroti körib çiqildi.    

    Konstitutsiyaviy sud raisi M.Abdusalomov boşqargan majlisda konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlaş davlatçilikni mustahkamlaş va uning barqaror rivojlanişining muhim şarti hisoblanişi qayd etildi. 2023-yil 30-aprel kuni ötkazilgan referendumda umumxalq ovoz beriş orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizning kelgusidagi konstitutsiyaviy rivojlaniş yölini hamda xalq irodasiga asoslangan va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan zamonaviy özbek davlatçiligining asoslarini belgilab berdi.    

    Boş qomusimizdagi norma va prinsiplarni hayotga tatbiq etiş, şu jumladan, jamiyat va davlatni Konstitutsiyaga muvofiq, huquqiy modernizatsiya qiliş, mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan işlar joriy yilda ham faol davom ettirildi.  

    Konstitutsiyaviy sud axborotida Asosiy qonunni amalga oşiriş böyiça 15 yönalişda olib borilgan islohotlarga alohida töxtalib ötildi. Xususan, hokimiyatlar bölinişi prinsipi hamda özaro tiyib turiş va manfaatlar muvozanati tizimining yangi konstitutsiyaviy konsepsiyasidan kelib çiqib, davlat organlarining faoliyati yangiça konstitutsiyaviy-huquqiy şaroitlarda yölga qöyildi. Siyosiy institutlar va vakillik hokimiyati organlarining huquqiy maqomini yanada mustahkamlaş, ularning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş böyiça islohotlar muvaffaqiyatli amalga oşirildi.    

    Inson huquq va erkinliklari, şaxsning soğliğini saqlaş va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqi, ta’lim oliş konstitutsiyaviy huquqi, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlaridan kelib çiqib, bu boradagi huquqiy mexanizmlar ham sezilarli darajada kuçaytirildi.  

    Konstitutsiyaviy sud tomonidan 2024-yilda konstitutsiyaviy nazorat tartibida 70 qonun va 218 normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi örganilgan.  

    Konstitutsiyaviy sud axborotida Asosiy qonunni amalga oşiriş böyiça bir qator takliflar ham ilgari surildi.  

    Jumladan, birinçi navbatda, davlat xizmatçilari örtasida Konstitutsiya tarğibotini kuçaytiriş, huquqşunoslik yönalişida darslik va qöllanmalarni Konstitutsiya asosida yangilaş böyiça işlarni yakuniga yetkaziş zarur.  

    “Yangi Özbekiston – ma’rifiy jamiyat” konsepsiyasi asosida konstitutsiyaviy ta’lim masalasiga alohida e’tibor qaratiş, xususan, parlament tomonidan Konstitutsiyani öqib-örganiş böyiça Milliy faoliyat dasturini qabul qiliş maqsadga muvofiq.  

    Viloyatlar va Toşkent şahrida kengaş raislari va hokimlar boşçilik qiladigan vakillik va ijro etuvçi hokimiyat tarmoqlari alohida ajratilganini inobatga olib, qonunlardagi mahalliy davlat hokimiyati vakolatlariga oid umumiy normalarni hokimlik va mahalliy kengaşlar örtasida ajratgan holda aniq tahrirda bayon etiş kerak.  
            
            

            

     Vazirlik va idoralarning nizomlarini qayta körib çiqib, ularda Konstitutsiyani amalga oşiriş böyiça uşbu taşkilot mas’ul bölgan vazifa va funksiyalarini aniq belgilab qöyişga qaratilgan alohida normalarni belgilaş joiz.  

    “Davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş töğrisida”gi qonunda kam ta’minlangan şaxslarning normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligini tekşiriş böyiça murojaatlarini Konstitutsiyaviy sud majlisida körib çiqişda ham davlat hisobidan yuridik yordam taqdim etişni belgilaş zarur.  

    Tartibsiz qurilişlar, quriliş işlarida xavfsizlik çoralari körilmagani aholi hayoti sifat darajasiga salbiy ta’sir körsatişini, şu jumladan, yoş bolalar ölimiga sabab bölganini inobatga olib, barça yirik quriliş işlarida xavfsizlik kafolatlarini hamda uşbu masalada quruvçi taşkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuçaytiriş, renovatsiyaga oid munosabatlarni qonun darajasida tartibga soliş lozim.  

    Ba’zi hududlarda fermerlar özlari yetiştirgan mahsulotni erkin tasarruf etişda tösqinliklarga uçraşi holatlarini e’tiborga olib, barça mas’ullar zimmasiga tovar va xizmatlarning erkin harakatlanişi böyiça konstitutsiyaviy kafolatlarga sözsiz rioya etiş talabini qöyiş kerak.    

    Konstitutsiyadan kelib çiqib, maxsus qonunlarda xalqaro şartnomalarning yuridik kuçi masalasini aniq tartibga soliş, xalqaro şartnomalar normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaş mexanizmlarini oçib beriş, xalqaro şartnomalarni sudlar tomonidan töğridan-töğri qöllaş uçun huquqiy va protsessual asoslarni takomillaştiriş joiz.    

    Tergov sudyasi vakolatlarining qonuniy asoslarini yaratiş çoralarini tezlaştiriş hamda “Davlat boji töğrisida”gi qonunda boşqa şaxslarning manfaatlarini közlab qilingan da’volar yuzasidan davlat bojini tölaş masalasi böyiça huquqiy böşliqni bartaraf etiş maqsadga muvofiq.  

    Konstitutsiyaviy sud muhokama qilingan masalani har tomonlama örganib çiqib, mutaxassis va ekspertlarning fikr-mulohazalarini hisobga olib, mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati töğrisidagi axborotni tasdiqlaş hamda uni Oliy Majlis palatalari va Özbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriş haqida qaror qabul qildi.  
              

              

                                                                                                                                                       Norgul Abduraimova,  

                                                                                                                                             Alimurod Mamadaminov (surat), ÖzA