Madhiya – vatandoşlarni söz va ohang kuçi bilan birlaştira oluvçi buyuk qudratdir

10.12.2024182

            Madhiya – vatandoşlarni söz va ohang kuçi bilan birlaştira oluvçi buyuk qudratdir 
    Bugun milliy ğururimiz, istiqlolimiz timsoli – Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi nişonlanmoqda.

    Madhiyaning har bir sözi butun Özbekiston ahlining asriy orzu-istaklari, ğayrati va şijoati, xalqimizga xos mehmondöstlik, ajdodlar yodi hamda millat ğururini mujassam etgan.  

    Har kuni beqiyos zamin, jannatmakon ölkada yaşayotganimizni dilimizga jo etib turguvçi qadrdon madhiyamiz esa madhiyalikka nomzod 80 ga yaqin şe’rning sardori sifatida qalblarimizga jo bölgan. Har biri maxsus komissiya tomonidan ğoyat sinçkovlik bilan, jiddiy körib çiqilgan dastlabki madhiyalardan qirqqa yaqini saralab olinib, ularning 27 tasi tanlovning I bosqiçida iştirok etdi. II va III bosqiçlardan muvaffaqiyatli ötgan 3 ta madhiya matni esa final bosqiçiga munosib körildi. Bular – Mutal (Mutavakkil) Burxonov va Abdulla Oripov, Baxtiyor Aliyev bilan Abdulla Oripov, Rustam Abdullayev va Mirpölat Mirzo hamkorligidagi madhiyalar edi.

    1992-yil 10-dekabr kuni Oliy Kengaşning 400 dan ziyod deputat yiğilgan 11-sessiyasida gulduros qarsaklaru olqişlar bilan Mutal Burxonov va Abdulla Oripov muallifligidagi hozirgi madhiyamiz qabul qilindi. Zero, öz işining mohir ustalari bölgan ikki muallifning ulkan ijodiy salohiyati aks etgan madhiyamiz boşidan oxiriga qadar qalbimizni hayajonga soladigan sehrga ega. Yurtimizga xos barça uluğvorlik, xalqimizga xos barça buyuklik mujassam bölgan unda.

    Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov "Unutilmas Mutal akamiz" maqolasida xalqimizning bu muazzam qöşiği haqida şunday yozgan edi: "Madhiya — tirik hayot, jonli turmuş. U turli fikrdagi vatandoşlarni bir neça daqiqadayoq söz va ohang kuçi bilan birlaştira oluvçi buyuk qudratdir".

    Barça yurtdoşlarimizni uşbu sana bilan tabriklaymiz, milliy madhiyamiz qudrati yanada yuksalib, dunyo böylab baralla yangrayversin!