Yil talabasi
Yil talabasi
Oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida ötkaziladigan “Yil talabasi” tanlovi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 3-noyabrdagi 489-sonli buyruğiga asosan har yili taşkil etiladi.
Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim şaklida öqib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqiç talabalari iştirok etişi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda iştirok etib 1-, 2- va 3-örinni egallagan talabalarning qayta iştirok etişiga yöl qöyilmaydi.
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya böyiça ğoliblar aniqlanadi:
Yilning öz mutaxassisligi böyiça eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol tarğibotçi talabasi;
Yilning eng faol ixtiroçi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportçi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroşlik böyiça);
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uçun).
Tanlov nominatsiyalari böyiça birinçi OTM bosqiçida yuqori örinlarni egallagan ğoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorliği va tegişli ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqiçi esa joriy yilning noyabr oyida taşkil etiladi. Uşbu bosqiç ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 1-örin 15 barobari, 2-örin 10 barobari va 3-örin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
👉 “Yil talabasi” tanlovi nizomini yuklab oliş
Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Iştirok etiş uçun öz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.