“Ilhom”
ILHOM
“Ilhom” mukofoti şoir va yozuvçilar hayoti hamda ijodini örganiş, ularning asarlarini tarjima qiliş, şu asosda tadqiqotlar ötkaziş, kino va sahna asarlari yaratiş kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erişgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoşlarga beriladi.
Tanlov ğoliblari quyidagiça taqdirlanadi:
1-örin – “Spark” avtomobili;
2-örin – 30 mln söm pul mukofoti;
3-örin – 15 mln söm pul mukofoti.
Tanlov 2 bosqiçda ötkaziladi:
1-bosqiç – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralaş bosqiçi;
2-bosqiç – asosiy tanlov bosqiçi hisoblanadi.
“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlaş har yili Adiblar xiyoboni oçilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oşiriladi.
👉 “Ilhom” mukofoti nizomini yuklab oliş
Tanlovga hujjatlar har yili 15-martga qadar OTMning yoşlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça masʼullari tomonidan qabul qilinadi.