“AI Hackathon 2024” IT festivaliga start berildi

17.02.2024153

    “AI Hackathon 2024” IT festivaliga start berildi

    

     Dasturlaş sohasiga qiziqadigan talaba-yoşlar uçun soha mutaxassislari bilan fikr almaşiş, öz loyihasi taqdimotini qilib, investitsiya jalb qilişlari uçun imkoniyat yaratiş maqsadida “Yangi Özbekiston” universitetida “AI Hackathon 2024” musobaqasiga start berildi.

    

    Sun’iy intellekt böyiça “Maçine learning community” bilan hamkorlikda taşkil etilgan mazkur tadbir:
        🔹axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoşlarni aniqlaş va ularni qöllab-quvvatlaş,
        🔹yoşlar orasida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanişni tarğib etiş,
        🔹kundan-kun rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt böyiça köp yillik tajribaga ega soha mutaxassislari bilan tajriba almaşiş imkonini yaratiş;
        🔹eng iste’dodli yoşlarni taqdirlaş maqsadida ötkazilmoqda.

    IT festivalning oçiliş marosimida Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi bölim boşliği Maftuna Gapporova ham iştirok etib, “Innovator yoşlarni jamiyatda tutgan örni” mavzusida nutq sözladi.

    

    Eslatib ötamiz, mazkur festival ertaga yakunlanadi. Loyihalar taqdimotida Maktab va maktabgaça ta’lim vaziri Hilola Umarova, “Mohirdev” loyihasi asosçisi Anvar Narzullayev va MLC asosçisi Şahriyor Xudoyberdiyev kabi mehmonlar qatnaşişi rejalaştirilgan.