Oliy ta’lim muassasalari teatr jamoalari örtasida ötkazilayotgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqiçiga start berildi!

19.02.2024100

    Oliy ta’lim muassasalari teatr jamoalari örtasida ötkazilayotgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqiçiga start berildi!

    

    Qoraqalpoğiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari örtasida ötkazilgan hududiy bosqiçda Qoraqalpoğiston davlat universiteti, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnalogiyalar instituti, Toşkent gumanitar fanlar universiteti hamda Nukus konçilik instituti talabalar teatr studiyalari jamoalari öz spektakllarini ijro etişdi. Yakunda Toşkent gumanitar fanlar universitetining “Şöraxan” jamoasi 1-örinni egallab, tanlovning mintaqaviy bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmaga ega böldi.

    

    Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida bölib ötgan Guliston davlat universiteti, Guliston pedagogika instituti hamda TKTI Yangiyer filliali talabalar teatr studiyalari örtasidagi bellaşuvda Guliston davlat universitetining “Guliston guldastasi” talabalar teatr studiyasi 1-örinni egalladi va tanlovning mintaqaviy bosqiçida iştirok etiş imkonini qölga kiritdi.

    

    Bugun Xorazm viloyati musiqali drama teatrida bölib ötgan Xorazm viloyati bosqiçida TATU Urganç filliali, TTA Urganç filiali, Urganç davlat univesiteti hamda Urganç davlat pedagogika instituti jamoalari iştirok etdi. Yakuniy natijalarga köra TTA Urganç filiali jamoasi ğolib deb topildi va mintaqaviy bosqiç yöllanmasiga ega böldi.

    

    Ertaga Buxoro musiqali drama teatrida Buxoro viloyatida joylaşgan OTM jamoalari örtasida tanlovning hududiy bosqiçi davom etadi. Unda:
        – Buxoro davlat universiteti,
        – Buxoro muhandislik texnologiya instituti,
        – Buxoro tabiiy resurslarni boşqariş instituti,
        – Buxoro davlat tibbiyot universiteti,
        – Buxoro davlat pedagogika instituti jamolari iştirok etişadi.

    Barça Buxorodagi talaba-yoşlarni spektakllarni tomoşa qilişga taklif qilamiz. Tomoşaga kiriş mutlaqo bepul.