Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoşlari örtasida ötkazilayotgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqiçiga start berilganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun tanlovning hududiy bosqiçi Buxoro viloyatida bölib ötdi. Tanlovda Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro tabiiy resurslarni boşqariş instituti hamda Buxoro davlat tibbiyot universiteti jamoalari iştirok etişdi. Yakuniy natijalarga köra Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi 1-örinni egallab, keyingi bosqiç uçun yöllanmani qölga kiritdi.
Ertaga Navoiy viloyatida joylaşgan oliy ta’lim muassasalari örtasida tanlovning hududiy bosqiçi Navoiy şahar madaniyat saroyida bölib ötadi. Tanlovning uşbu bosqiçida:
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti;
Navoiy innovatsiyalar universiteti;
Navoiy davlat pedagogika instituti jamoalari iştirok etişadi.
Barça Navoiydagi talaba-yoşlarni spektakllarni tomoşa qilişga taklif qilamiz. Tomoşaga kiriş mutlaqo bepul.