“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy saralaş bosqiçi davom etmoqda
Joriy yilning 27-fevral kuni tanlovning hududiy bosqiçi Toşkent şahrida joylaşgan Renessans universiteti, Özbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toşkent axborot texnologiyalar universiteti jamoalari iştirok etişdi. Tanlov yakunida hakamlar hay’atining qaroriga köra, heç qaysi jamoaga keyingi bosqiç yöllanmasi taqdim etilmadi.
Şuningdek 28-fevral kuni Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Alfraganus universiteti, Perfect universitetlari örtasida bölib ötgan tanlovning hududiy bosqiçida Toğay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari asosida tayyorlangan sahna körinişi bilan iştirok etgan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi va tanlovning keyingi bosqiç yöllanmasiga ega böldi.

1-mart kuni Toşkent şahrida joylaşgan OTMlar örtasidagi bellaşuvda Toşkent davlat texnika universiteti, “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti” filiali, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti jamoalari iştirok etişdi. Bellaşuvning yakuniy natijalariga köra Toşkent davlat texnika universiteti jamoasi ğolib deb topildi va keyingi bosqiç yöllanmasiga ega böldi.

Ertaga quyidagi jamoalar Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti öquv teatrida soat 9:30 da hududiy bosqiçda iştirok etadi.
♦️Toşkent davlat stomatologiya instituti
♦️Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti
♦️Oriental universiteti
♦️Toşkent kimyo-texnologiya instituti
Barça talaba-yoşlarni spektakllarni tomoşa qilişga taklif qilamiz. Tomoşaga kiriş mutlaqo bepul.