
Oliy ta’lim muassasalari örtasida ötkazilayotgan III bosqiçli “Talabalar ligasi” musobaqalarining Toşkent şahar bosqiçi 4-tur öyinlari yakunlandi.
Uşbu musobaqa Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimizning barça hududlarida taşkil etilmoqda.
Toşkent şahar bosqiçida poytaxtimizdagi 50 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 8 ta guruhga bölingan holda bahslarda iştirok etmoqda. Joriy yilning aprel-may oylari davomida “Talabalar ligasi”ning Respublika bosqiçi bölib ötadi.