Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Maʼnaviy barkamol yoşlar Yangi Özbekiston bunyodkori” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.

Unda TIQXMMI MTU rektori Baxodir Mirzayev, ÖzJOKU rektori Şerzodxöja Qudratxöja, “Maʼrifat” tarğibotçilari jamiyati aʼzosi Jamila Toşpölatova, Davlat boşqaruv akademiyasi kafedra mudiri Mansur Bekmurodov hamda Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktor örinbosari Anvarmirzo Qudratovlar iştirok etişdi.
Konferensiyaga yurtimiz va qöşni mamlakatlar olimlari, yurtimizning turli nuqtalaridan 100 dan ortiq sohaning professor-öqituvçilari hamda yoş tadqiqotçilar taşrif buyurdilar. Konferensiyada xorijiy mamalakatlardan 50 ga yaqin, yurtimiz olimlari tomonidan 400 dan ortiq maqolalar kelib tuşdi va ularning 320 tasi qabul qilindi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga 50 ga yaqin mamlakatlardagi taniqli olimlar iştirok etib, mavzu yuzasidan özlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanişlar natijalari bilan fikr almaşildi. Şuningdek, mavzu yuzasidan yoşlarini barkamol şaxslar sifatida tarbiyalaş, kreativ fikrlaydigan va intellektual hamda jamiyatga foydali kasbni örgatiş hamda axborot asrida qanday samarali yutuqlarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça bahs-munozaralar yuritilib, olimlar tomonidan fikr-mulohazalar bayon etildi.

Konferensiya iştirokçilari yalpi majlisdan keyin seksiyalarga bölinib, turli yönalişlarda faoliyatini davom ettirişdi.