#marifat_maydoni
“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqiç ğoliblari
Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Guliston davlat instituti, Farğona davlat universiteti, Şahrisabz davlat pedagogika instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti tanlovning mintaqaviy bosqiçida iştirok etişdi. Tanlovda Şahrisabz davlat pedagogika institutining “Özbegim” jamoasi respublika körik-tanlovining hududiy bosqiçida ğoliblikni qölga kiritişdi.

Samarqand davlat universitetida Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toşkent davlat transport universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti talabalari faol iştirok etişdi. Mazkur tanlovda Özbekiston xalqaro islom akademiyasining “Maʼrifat” jamoasi omadli yakunlab, final bosqiçiga yöllanmani olişdi.
Buxoro viloyatida tanlovning mintaqaviy bosqiçi ötkazildi. Tanlovda Nukus davlat pedagogika instituti, Urganç davlat pedagogika instituti, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti, Urganç davlat universiteti iştirok etişdi. Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinçi örinni egallaşdi.

Toşkent davlat texnika universitetida Andijon davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Çirçiq pedagogika universitetlari mintaqaviy bosqiçida iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritişdi. Samarqand davlat universitetining “Behbudiy izdoşlari” jamoasi tanlovda ğolib bölişdi.

Ğolib jamoalarga respublika bosqiçida omad tilaymiz!