#talabalar_ligasi
#barkamol_avlod
#taqdirlaş_marosimi
“Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining taqdirlaş marosimi Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boşlandi.
Tadbirni Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov kiriş sözi bilan oçib berişdi hamda musobaqa ğolib va sovrindirlariga tabrik yöllaşdi, musobaqa taşkilotçilariga öz minnatdorçiliklarini izhor etişdi.

Qönğirotboy Şaripov öz nutqida: “Qaysi davlatda sport rivojlangan bölsa, öşa davlat qudratli hisoblanadi. Agar biz öz davlatimizni qudratli qilişni istasak, hammamiz sport bilan şuğulanişini kerak” deb, barçani sport bilan şuğullanişga tarğib qildi.

Şundan söng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Sarvarxon Munavvarxonoviç “Barkamol avlod” sport musobaqalarini taşkil etişda faol iştirok etgan professional ta’lim muassasalari mas’ullari taqdirladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirli Qönğirotboy Şaripov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini taşkil etiş va ötkazişda qöşgan hissasi, samarali mehnati uçun hamkor taşkilot ma’sullari, hokimliklar va şuningdek, quyidagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boşqarmalari va rektorlarini vazirlikning taşakkurnomalari va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Vazirlikning hududiy boşqarmalari:
Namangan viloyati boşqarmasi;
Navoiy viloyati boşqarmasi;
Toşkent şahar boşqarmasi.
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari
Namangan davlat universiteti rektori S.Turğunov;
Namangan muhandislik-quriliş instituti rektori Ş.Ergaşev;
Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov;
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti rektori B.Mardonov;
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov;
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teşaboyev.
Şuningdek, hamkor taşkilotlar Özbekiston şaxmat, futbol, voleybol va basketbol federatsiyalari mas’ullariga vazirlikning taşakkurnomasi va esdalik sovğalarini topşirdi.
