“Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida amaliy seminar taşkil etildi!

29.05.2024123

    “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida amaliy seminar taşkil etildi!

Bugun Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasi anjumanlar zalida Respublika oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalarda “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida ötkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oşiriş mavzusidagi amaliy seminar bölib ötdi.

    Seminarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti şöba mudiri Abduxalil Mavrulov, Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Şohrux Daliyev hamda vazirlik mas’ullari, xalq şoirlari va yozuvçilari, şuningdek, loyihada iştirok etgan Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi a’zolari iştirok etişdi.

    Amaliy seminar davomida “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida foydalaniş uçun tavsiya etiladigan qöllanma taqdimoti ötkazildi, loyihani yanada samaradorligini oşiriş böyiça iştirokçilarning taklif va tavsiyalari tinglandi. Yakunda esa loyihada iştirok etgan barça şoir va yozuvçilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining taşakkurnomalari topşirildi.

    ▶️  Fotolavhalarni köriş