Intellektual haftalik doirasidagi “Breyn-ring” öyini ğoliblari aniqlandi!

30.05.2024100

    #breyn_ring
    #intellektual_haftalik

    Intellektual haftalik doirasidagi “Breyn-ring” öyini ğoliblari aniqlandi!

      

    “Intellektual haftalik” ning eng qiziqarli tadbirlaridan biri – “Breyn-ring” öyini katta qiziqiş va raqobat ostida ötkazildi. Mazkur tanlov 1-bosqiçida respublikamizning 49 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 10 ta guruhga bölingan holda özaro bellaşdi.

    Har bir guruhda 1-2-örinni egallagan jamoalar 2-saralaş bosqiçida 5 tadan 4 ta guruhga bölingan holda iştirok etdi. Jamoalarga 10 tadan savollar berildi va savollarga eng birinçi bölib, töğri javob bergan 1-2-örin egalari çorak finalda qatnaşdi.

       

    Çorak finalda 2-saralaş bosqiçidagi guruhda 1-örinni egallagan jamoalar boşqa guruhda 2-örinni egallagan jamoalar özaro bilan bellaşdi va “Breyn-ring”ning yarim finalga yöl olgan eng kuçli 4 jamoasi aniqlab olindi.

    Yarim final bellaşuvida yutqazgan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buxoro davlat universiteti jamoalari 3-örin uçun öyinda qatnaşgan bölsa, final bosqiçida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Farğona davlat universiteti jamoalari ğoliblik uçun bellaşdi. Yakunda esa quyidagi jamoalar sovrinli örinlarni egalladi:

       

    🥇Farğona davlat universiteti
    🥈Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
    🥉Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Tanlov nizomiga köra, 1-örin 50 million söm, 2-örin 30 million söm va 3-örin 15 million söm pul mukofotiga ega böldi.