“Talabalar teatr studiyalari” hamda “Munozara” respublika tanlovlari final bosqiçi ğolib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

07.06.2024205

    #final2024 #taqdirlaş

    “Talabalar teatr studiyalari” hamda “Munozara” respublika tanlovlari final bosqiçi ğolib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan Samarqand şahrida 5-6-7-iyun kunlari taşkil etilgan respublika tanlovlarining yakuniy final bosqiçi yuqori saviyada, kötarinki kayfiyatda bölib ötdi. Tanlov ğolib va sovrindorlari bugun Yoşlar markazi zalida tantanali taqdirlandi.

    “Talabalar teatr studiyalari” körik-tanlovida quyidagi jamoalar yuqori örinlarni egalladi:
    “Şöraxon” (TGFU) va “Qaqnus” (QarDU) talabalar teatr studiyalari;
    “Abu Ali ibn Sino izdoşlari” jamoasi (SamDTU) va “Retro” (TDTU) teatr jamoalari;
    “Közmunçoq” (TTA UF) va “CAMU” (CAMU) talabalar teatr studiyalari.

    Tanlov ğoliblari mos ravişda I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-örin 70 mln. söm, 2-örin 50 mln. söm va 3-örin 30 mln. söm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Şuningdek, nominatsiya ğoliblari, Vazira Mahmudova (ADU) “Eng yaxşi ayol roli uçun” – 10 mln. söm, Oğabek Izzatullayev (BuxMTI) “Eng yaxşi erkak roli uçun” – 10 mln. söm, Javohir Rayimov (TerDPI) “Jamoa ijodkor talabasi” – 8 mln. söm, Alijon Asqarov (ADPI) “Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 mln. söm va “Qaqnus” jamoasi (TTA) “Eng faol oliy taʼlim muassasasi” – 15 mln. söm pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

    “Munozara” Respublika turnirida quyidagi jamoalar yuqori örinlarni egalladi:
    “Tabiiy intellekt” jamoasi, GulDU;
    “Tandem 3” jamoasi, FarDU;
    “Tarjimon” jamoasi, SamDÇTI.

    Turnir ğoliblari I, II va III darajali diplom va 1-örin 30 mln. söm, 2-örin 20 mln. söm va 3-örin 15 mln. söm pul mukofoti va hamkor taşkilotlar tomonidan esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

    Şuningdek, turnirning “The best speaker” nominatsiyasida Feruza Saitmurodova (NavDPI) 2-örin, Sarvarbek Komiljonov (SamDÇTI) 1-örinni egalladi.