#taqdirlaş #ilhom2024
Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi
Tadbirni Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Zulayxo Maxkamova tabrik sözi bilan oçib berib, poytaxtimiz markazida qad rostlagan Adiblar xiyobonining oliy ta’lim muassasalariga biriktirilişi yaxşi samara bergani, oliygohlar tomonidan xiyobonda doimiy tarzda tadbirlar taşkil etib kelinayotgani va “Ilhom” mukofoti talaba-yoşlarni ilmiy izlanişlarini munosib rağbatlantiriş uçun ayni muddao ekanligini ta’kidlab, ğoliblarni tabrikladi.
Şundan söng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinçi örinbosari Şohrux Daliyev sözga çiqib, barça tadbir iştirokçilarini ilm-fan va madaniyat bayrami bilan tabriklab, uşbu mukofot ğolib bölganlarga yanada mas’uliyat yuklaşini, ular ilmiy işlanişda yanada davom etib, yuksak marralarni zabt etişi kerakligini ta’kidladi.
“Ilhom” mukofoti 2024-yil ğoliblari bilan tanişing:
Şoxzodjon Otamurodov – Toşkent davlat yuridik universiteti 4-bosqiç talabasi;
Ruxsora Imomova – Buxoro davlat universiteti tayanç doktoranti;
Dildora Yorbulova – Çirçiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqiç talabasi.
Ğoliblar Oliy ta’lim, va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-örin Damas avtomobili, 2-örin 30 million söm, 3-örin 15 million söm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Şuningdek, quyidagi iştirokçilar “Ilhom” mukofotining rağbatlantiruvçi mukofotlari bilan taqdirlandi:
Sarvinoz Axmedova – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;
“Ogahiyşunoslar” ijodiy jamoasi – Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti;
Behruz Qözibaev – Toşkent davlat transport universiteti talabasi;
Axmadjon Muxtorjonov – Namangan muhandislik-quriliş instituti talabasi;
Yahyo Kamolov – Içki işlar vazirligi akademiyasi kursanti;
Gullola Töymurodova – Toşkent davlat pedagogika universitet talabasi.
Adiblar xiyobonida bölib ötgan “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimidan fotolavhalar