Prezident raisligida "Inno" innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparkiga taşrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlaş va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Mazkur yiğilişda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnaşmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi murakkab vaziyatda barça davlatlar içki resurslarga tayanib, innovatsiyaga intilayotganini qayd etdi.
Mamlakatimizda ham sönggi yillarda ilm, ta’lim va innovatsiyaga e’tibor tubdan özgardi. Jumladan, ötgan tört yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion söm yönaltirildi. Şundan muhandislik-texnika yönalişidagi 176 ta loyihaga 152 milliard söm berilgan.

Tadqiqot, tajriba-konstruktorlik uçun xarajatlar 2 barobar ösgan. Bu mablağlarning 41 foizi davlat uluşi bor korxonalarga, 34 foizi xususiy sektorga va 25 foizi oliygohlarga töğri kelgan.
Davlatimiz rahbari sohani rivojlantiriş uçun yangi taşabbuslarni ilgari surib, texnika yönalişidagi 36 ta oliygohda öqitiş va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilğor tajriba asosida töliq özgartiriş zarurligi ta’kidlandi.

Masalan, Davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yöq mutaxassisliklarni qisqartiriş, kafedralarni birlaştiriş mumkin. Universitet töliq dual ta’lim tizimiga ötadi. Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi.