Tyutorlarga malaka oşirganligi töğrisidagi sertifikatlar topşirildi

01.07.2024105

    Tyutorlarga malaka oşirganligi töğrisidagi sertifikatlar topşirildi

    Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uçun taşkil etilgan malaka oşiriş kursi tinglovçilariga malaka oşirganligi töğrisidagi sertifikatlarni topşiriş marosimi bölib ötdi.

     

    Tadbirni markaz direktori Ravşanbek Xudayberganov oçib berib, taşkil etilgan malaka oşiriş kursi, uning natijalari va kurs tinglovçilarining bugungi erişgan natijalari bilan tabriklab, kurs davomida olingan bilimlar kelgusida ularning tyutorlik faoliyatini samarali taşkil etişlari uçun zaruriy qöllanma sifatida xizmat qilişi böyiça öz fikrlarini aytib ötdi.

     

    Söngra kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovçilarga sertifikatlar markaz direktori va direktorning 1-örinbosari Fozil Farhodov tomonidan topşirildi.

    Taqdirlaş yakunida kurs tinglovçilari özlarini kurs haqidagi fikrlarini bildirib, mazkur malaka oşiriş kursi ularga tyutorlik faoliyatini taşkil etişda juda katta uslubiy yordam berganligini, kursda olingan bilimlar kelgusida oliy taʼlim muassasalaridagi talaba-yoşlar bilan işlaş, maʼnaviy-maʼrifiy işlarni takomillaştirişni yangi tizimini amalga oşirişga amaliy yordam berişini alohida taʼkidlab ötdilar.