Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yönalişlarini tanlaş boşlandi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kiriş test sinovlarida iştirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yönalişlarini tanlaşlari lozim.
Buning uçun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bölimiga kirib, “Xizmatdan foydalaniş” tugmasi bosiladi va “OTM tanlaş” bölimiga ötiladi.
Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” böyiça öz tanlovini amalga oşiradi.
Şundan söng abituriyent test topşirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bölgan beştagaça oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yönalişini ta’lim şakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yönalişlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlaş mumkin.
Ta’lim yönalişlarini tanlab, “Saqlaş” tugmasi bosilgandan söng ma’lumotlarni tasdiqlaş uçun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritiş orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan söng, “Abituriyent qayd varaqasi” şakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim şakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yönalişlari aks etgan böladi. Yuklab oliş tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olişi mumkin.
❗️Abituriyentlar ta’lim yönalişlarini tanlaş muddati yakunlangunga qadar öz ma’lumotlarini özgartirişlari va qayd varaqasini qayta yuklab olişlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani töğrisidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yönalişlarini tanlaş töliq yakunlangandan söng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.