Oliy taʼlim muassasalarining yoşlar bilan işlaş va ma’naviyat-ma’rifat bölimi boşliqlari respublika öquv-seminari boşlandi!

12.08.2024143

            Oliy taʼlim muassasalarining yoşlar bilan işlaş va ma’naviyat-ma’rifat bölimi boşliqlari respublika öquv-seminari boşlandi!
    

    Öquv-seminar mehmonlari karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravişda kutib olindi va Toşkent davlat agrar universitetining erişgan yutuqlari, qişloq xöjaligi mahsulotlari körgazmalari bilan taniştirildi.

    Yalpi yiğiliş davlat madhiyasi sadolari ostida boşlandi. Öquv-seminarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oçib berdi: “Bugun, oliy ta’lim muassasalari içida öz örniga ega oliygoh, Toşkent davlat agrar universitetida respublikamizdagi barça ma’naviyat fidoiylari jam bölganiga guvohmiz. Mazkur ikki kunlik öquv-seminarda özingiz uçun eng foydali va kerakli bilimlarni mustahkamlaysizlar degan umiddamiz”.
    

    Söngra, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Prezident Administratsiyasi ma’sul xodimi Otabek Bozorov sözga çiqib, oliy ta‘lim muassalaridagi ma’naviy-ma’rifiy işlardagi muammolar va yeçimlar, “Z” avlod tarbiyasidagi muhim masalalar, Yangi Özbekistonda yoşlar siyosati mavzulariga atrofliça töxtalib ötdilar.