Bugun, 21-oktabr özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil töldi. Ayni daqiqalarda Adiblar xiyobonida şu munosabat bilan bayram dasturlari ötkazilmoqda.
Tadbir avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi jamoasi va bir qator taşkilotlar tomonidan boğ markazidagi Alişer Navoiy haykali poyiga guldastalar qöyildi.
Şundan söng xiyobondagi har bir adib haykali oldida bayram dasturlari boşlanib ketdi. Şe’riy çiqişlar, jonli ijrodagi qöşiqlar, teatrlaştirilgan sahna körinişlari, milliy raqslar va xorijlik talabalarning çiqişlari xiyobonga taşrif buyurgan yurtdoşlarimizning olqişlariga sazovor bölmoqda.
Xiyobondagi mazkur tadbirlar Toşkent şahridagi 24 ta oliy ta’lim muassasasi iştirokida 18:00 ga qadar davom etadi.


(Adiblar xiyobonida özbek tili bayrami munosabati bilan ötkazilayotgan tadbirlardan fotolavhalar)