Xorijiy va nodavlat OTMlardan öqişni köçiriş böyiça test sinovlari sanalari e'lon qilindi
Talabalar öqişini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, şuningdek, Özbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga köçiriş böyiça test sinovlari 19-20-avgust kunlari bölib ötadi.
Test sinovlari ikki smenada taşkil etilib:
1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bölib ötadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan böyiça ötkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topşiriği va ularni işlaş hamda javoblar varaqasiga köçiriş uçun 3 soat vaqt beriladi.
Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani Bilimni baholaş agentligining my.uzbmb.uz (https://my.uzbmb.uz/allow/transfer-study-allow) saytidan olişlari mumkin.
Talabgorlar test sinovi ötkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan keçikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelişlari lozim.