Talabalar turar joylarining yangi öquv yiliga tayyorgarlik holati örganildi
Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi xodimlari tomonidan Toşkent arxitektura-quriliş universiteti, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar instituti, Toşkent tibbiyot akademiyasi, Özbekiston milliy universiteti va Toşkent davlat texnika universitetlarining talabalar turar joylarining yangi öquv yiliga tayyorgarlik holati közdan keçirildi.

Örganiş jarayonida talabalar yotoqxonalarining talabalarni qabul qilişga tayyorlik holati, kerakli jihozlar bilan ta’minlanganligi, oşxona, kir yuviş xonalari, elektr jihozlari holati sozligi közdan keçirildi. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarni turar joylarga joylaştiriş uçun yordam körsatiş markazilari faoliyati tekşirildi. Talabalar tomonidan kelib tuşayotgan murojaatlar tahlil qilindi.

Örganiş işlari yakunida amalga oşirilişi zarur bölgan işlar böyiça tegişli mas’ullarga körsatma va tavsiyalar berildi.
