Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi qarori bilan beşta partiyaga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi saylovida iştirok etiş uçun ijozat berildi.
Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, saylov byulleteniga siyosiy partiyalarning nomi va ramzi imzo varaqalarini MSKga topşiriş ketma-ketligi asosida kiritiladi

MSKga köra, imzo varaqalarini birinçi ÖzLiDeP, söng “Milliy tiklaniş” partiyasi topşirgan. Şunday qilib, saylov byulletenida partiyalar ketma-ketligi quyidagiça böladi:
1. Özbekiston Liberal demokratik partiyasi
2. “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi
3. Özbekiston Ekologik partiyasi
4. Özbekiston Xalq demokratik partiyasi
5. Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi