#eslatma
Kontrakt tölovini amalga oşiriş muddatlari
2024/2025-öquv yilidan boşlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uçun tölov muddatlari quyidagiça belgilandi:
🔹belgilangan tölov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun 2024-yil 15-sentyabrgaça yoki Özbekiston Respublikasi taʼlim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgaça hamda ikkinçi va undan yuqori kurs talabalari uçun 2024-yil 1-oktyabrgaça yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgaça;
🔸belgilangan tölov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargaça, 75 foizini 2025-yil 1-martgaça va 100 foizini 2025-yil 1-maygaça yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgaça.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uçun tavsiyaviy xarakterga ega.