Hurmatli talabalar!

08.09.2024129

      

    Hurmatli talabalar!

    Sizlarni yangi – 2024/2025-öquv yilining boşlanişi bilan çin qalbimdan tabriklayman! Yangi öquv yilining boşlanişi talabalar uçun ham, professor-öqituvçilar uçun ham hamişa hayajonli. Sizni hayotingizning uşbu muhim bosqiçida öqişingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion ğoyalarga boy loyihalarni amalga oşirişda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

    Keyingi yillarda Prezidentimiz boşçiligida oliy taʼlim tizimini takomillaştiriş böyiça keng qamrovli işlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi öz natijasini körsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida şaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlaş maqsadida joriy öquv yilida yangi islohotlar kuçga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, şuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullaştirildi. Bu talabalarga taʼlim yönalişlarini tanlaşda, şuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida işga joylaşişda qöşimça qulaylikllar yaratadi.

    Talabalarimiz jahonning eng ilğor taʼlim standartlariga mos bilim olişi, eng sönggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bölişi uçun köplab öquv adabiyotlari özbek tiliga ögirilişi yölga qöyildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy naşrlarni tarjima qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Talabalarni turar joy bilan taʼminlaş ham muhim masalalardan bölib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratiş maqsadida davlat oliy öquv yurtlari yotoqxonalariga joylaştiriş uçun ariza topşirişning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylaştirişni yanada şaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqça sarsongarçiliklarning oldi olindi.

    Talabalik buyuk kaşfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, döstlar orttiring, kelajak uçun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirişqoqliginingiz, ilmga erişiş yölidagi sobitligingiz bilan çambarças boğliqligini unutmang!

    Yangi öquv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oşirişda azmu şijoat  tilayman!

    Hurmat bilan,

    Qönğirotboy Şaripov
    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri