Biz korrupsiyaga qarşimiz!

02.03.2025144

    #Biz_korrupsiyaga_qarşimiz

    ♦️Korrupsiya haqida tariximizga nazar soladigan bölsak, yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Şumer podşoligi davrida eslatib ötilgan. Korrupsiya bizning kungaça yetib kelganligi şundan dalolat beradiki, boşqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yöqotib bölmaydi. Hatto rivojlangan ğarb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos bölolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvçi korrupsiyaning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş Yer yuzidagi barça davlatlarda hamişa va hamma zamonda davom etgan. Uşbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanişiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bölişiga olib kyeladi.

    📌Korrupsiya avvalambor iqtisodiyotning xavf-xatari manbai bölib, eng yomoni mamalakatda pul oqimini izdan çiqaradi. Korrupsiya yöli bilan topilgan mablağ oçiqça işlatilinmaydi.
    Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilişiga olib keladi, bozorlar faoilyatiga tösqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlaştiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyuşgan jinoyatçilik, terrorizm va boşqa hodisalar ildiz otib, gullaşi uçun şaroit yaratib beradi.