Viloyat hokimi bitiruvçi talabalar bilan muloqot ötkazdi
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat çet tillari institutining bitiruvçi talabalari bilan uçraşib, muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda institut professor-öqituvçilari, bitiruvçi bosqiç talabalari iştirok etdi. Unda viloyat hokimi mamlakatimizda talabalarning puxta bilim olişi, malakali mutaxassis bölib yetişişi, iqtidor va salohiyatlarini tölaqonli namoyon etişi uçun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan oliy öquv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ilmiy salohiyatini yuksaltiriş, ta’lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga kötariş, iqtidorli talabalarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.
Aytiş joizki, institutning imkoniyatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Ayni kunda mavjud uçta fakultetda 20 ta ta’lim yönalişi böyiça 3 ming 223 nafar talaba tahsil oladi. Ulardan 746 nafari bitiruvçi talaba hisoblanadi. Talabalarga 150 nafardan ortiq professor-öqituvçilar ta’lim berib kelmoqda. Bundan taşqari, 1 ming 120 örinli ikkita talabalar yotoqxonasi, zamonaviy axborot-resurs markazi, sport zali, barça qulayliklarga ega köplab auditoriyalar talabalarning bilim va malakasini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, institutda ilğor xorijiy tajribalar asosida öquv işlari samaradorligini oşiriş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş borasida ham e’tiborga molik işlar olib borilmoqda. Jumladan, institut Rossiya, Koreya, Angliya, AQŞ singari qator rivojlangan davlatlardagi oliy öquv yurtlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yölga qöygan.
Tadbirda viloyat hokimi talaba yoşlarni yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanişga çaqirdi. Xususan, ayni paytda turizm sohasi mutaxassislariga bölgan talab tobora ortib borayotganligi, institut bu borada viloyatda drayver bölişi lozimligini alohida qayd etdi.
Uçraşuv davomida bitiruvçi talabalar bandligini ta’minlaş xususida ham söz yuritildi.
Viloyat hokimi talabalarning ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş, jamiyatdagi jarayonlarda faol iştirok etişlari yuzasidan taklif, taşabbus va ğoyalarini eşitdi.
Institutning ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Mahliyo Karimova tomonidan viloyatdagi oliy öquv yurtlari talabalari örtasida “Viloyat hokimi sovrini uçun” çet tillar böyiça fan olimpiadasini ötkaziş taklifi bildirildi. Viloyat hokimi uşbu taklifni qöllab-quvvatladi.
Oçiq, samimiy tarzda ötgan muloqot davomida viloyat hokimi yoşlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), ÖzA muxbirlari.
https://uza.uz/oz/posts/viloyat-hokimi-bitiruvchi-talabalar-bilan-muloqot-otkazdi_643208