Nogironligi bor bolalar yuridik texnikumlarda bepul öqişadi
Endilikda nogironligi bölgan bolalar uçun umumtaʼlim fanlari böyiça sertifikat beriş kabi davlat xizmatini olişda xizmat körsatiş tölovining 50 foiz miqdorida çegirma belgilanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarni moddiy qöllab-quvvatlaş hamda nogironligi bölgan bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 640-son qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan qöşimçalar bilan nogironligi bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanmoqda. Masalan, endilikda nogironligi bölgan bolalar uçun umumtaʼlim fanlari böyiça sertifikat beriş kabi davlat xizmatini olişda xizmat körsatiş tölovining 50 foiz miqdorida çegirma belgilanmoqda.
Bundan taşqari, ular va oilaviy mehribonlik uylari bitiruvçilari yuridik texnikumlarga davlat granti asosida alohida qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.
Hujjat bilan qonun hujjatlariga boşqa özgartiriş va qöşimçalar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 08.10.2024-yildan kuçga kirdi.
Matn: Abror Umarkulov