Özbek tili – qalbim tarjimoni” Respublika körik-tanlovining final bosqiçi hamda ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Otabek Mahkamov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti mudiri Nodir Xolbötayev iştirok etib, özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlaş, xalqaro miqyosdagi mavqesini oşiriş, milliy tilimiz va madaniyatimizni tarğib qiliş böyiça fikrlarini bildirib ötdilar. Şundan söng final bosqiçining “Erkin mavzuda badiiy çiqiş” şarti böyişa iştirokçilar tomonidan tayyorlangan özbek tilidagi şe’r va qöşiqlar tinglandi. Ta’kidlaş joizki, xorijlik talabalarning tilimiz jilosini madh etuvçi çiqişlari davlat tilimizga hurmatning öziga xos ifodasi böldi. Yakuniy natijalarga köra, tanlov ğoliblari bilan tanişing:
1-örin: Rinka Yagane (Yaponiya) Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti talabasi
2-örin: Emodi Nesar Ahmad (Afğoniston) Termiz davlat universiteti talabasi
3-örin: Vang Çao Yuan (Xitoy) Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi
Eslatib ötamiz, tanlov ğoliblari mos ravişda diplom va bazaviy hisoblaş miqdorining 40, 30 va 20 barobari miqdorida pul mukofotlari, faol iştirokçilar esa sertifikat va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Tadbirdan fotolavhalar










