“Yangi Özbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qiliş, ta’lim sifatini oşiriş pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya öz işini boşladi

23.10.2024196

    “Yangi Özbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qiliş, ta’lim sifatini oşiriş pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya öz işini boşladi

    Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötayotgan Özbekiston Xalqaro hamkorlik taşabbuslari haftaligi doirasida Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ötkazilayotgan “Yangi Özbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qiliş, ta’lim sifatini oşiriş pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya öz işini boşladi.
    Mazkur konferensiyada YUNESKOning Özbekistondagi doimiy vakili örinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengaşining Özbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem iştirok etmoqda.

    Mazkur konferensiyada YUNESKOning Özbekistondagi doimiy vakili örinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengaşining Özbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem iştirok etmoqda.

    Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov öz nutqi bilan oçib berdi: – Sönggi yillardagi oliy ta’lim tizimida asosiy e’tibor mamlakatimiz yoşlarini ta’lim olişi uçun keng imkoniyat va zarur şaroit yaratişga qaratildi. Biz ekologiya, qişloq xöjaligi, energetika, tibbiyot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va maşinasozlik kabi strategik muhim sohalarda ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini amalga oşirişga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.

    Bu borada mehnat bozori uçun muhandis kadrlar tayyorlaşni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça tizimli işlar taşkil qilmoqdamiz. Uşbu yönalişlardagi loyihalarni ustuvor vazifa sifatida belgilab, ular orqali kelajakdagi barqaror rivojlanişga erişiş va yuqori ilmiy-salohiyatli kadrlarni tayyorlaşni maqsad qilganmiz.

    Yangi Özbekistonda oliy va kasbiy ta’lim tizimini, şuningdek, fan va innovatsiyalar sohasini yangi bosqiçga kötariş, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlaş böyiça tizimli işlarni davom ettirib boramiz.