Yaponiya bilan hamkorlikda universitet taşkil etiladi
Ma’lumki, Yaponiya oliy ta’lim böyiça yuksak natijalarga erişgan dunyodagi yetakçi davlatlardan biri sanaladi. Şu bois kun çiqar yurt bilan uşbu sohada hamkorlikni rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş va talabalar almaşinuvini yölga qöyişga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Yaponiya davlat universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti, Sukuba universiteti rahbari Nagata Kyosuke boşçiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga taşrifi ham mavjud şeriklikning uzviy davomidir.
Bugun mehmonlar Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov bilan uçraşuv ötkazdi.
Samimiy ruhda keçgan muloqotda qöşma oliy ta’lim muassasasi taşkil etiş istiqboli muhokama qilindi.
Tomonlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi özaro manfaatli aloqalarni yuqori baholadi. Şu bilan birga birgalikdagi işlarni yanada rivojlantiriş yöllari körib çiqildi.
Yakunda Özbekiston ta’lim tizimi rivojiga hissa qöşadigan yangi xalqaro universitet taşkil etiş böyiça dastlabki kelişuvga erişildi. Loyiha uçun zarur texnik-iqtisodiy asos işlab çiqiş maqsadida qöşma işçi guruh tuzişga qaror qilindi.
Gözal Sattorova, ÖzA