“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqiçi bölib ötdi!

07.11.2024195

“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqiçi bölib ötdi!

      Unda respublikamizning barça hududlaridan 3 nafardan jami 42 nafar iştirokçilar özaro 2 şart: test savollari va inşo yoziş böyiça bilimlarini sinovdan ötkazdilar. Iştirokçilar har ikkala şartda 50 balldan, jami 100 ballik tizimda baholandi.

     1-şartda iştirokçilarga jami 50 ta oçiq va yopiq testlar berildi. Testlar uçun 40 daqiqa vaqt belgilandi. 
     2-şartda iştirokçilar “Umrning har oni ğanimat” mavzusida inşo yozdilar. Inşo uçun 90 daqiqa vaqt berildi.

     Şartlar yakunlangaç, tanlovni yuqori saviyada taşkil qilişda mehnat qilgan Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi xodimlari hamda Hakamlar hay’ati a’zolariga markaz bölim boşliği Izzatxöja Asomiddinov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining taşakkurnomalari topşirildi.

     Tanlov natijalari va ğoliblar ertaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida bölib ötadigan tantanali taqdirlaş marosimida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.