Kengaytirilgan hay’at yiğilişi bölib ötdi

11.11.2024153

    Kengaytirilgan hay’at yiğilişi bölib ötdi

    Nukus şahridagi “Oqquş” majmuasida Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan hay’at yiğilişi bölib ötdi.

    Tadbirda vazirlikning mutasaddilari, hududiy boşqarmalarning rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda direktorlari iştirok etdi.

    Hay’at yiğilişini vazir Qönğirotboy Şaripov boşqardi.

    Yiğilişda hududlarni rivojlantiriş va drayver nuqtalarini belgilaş, tarmoq va sohalarda mavjud bölgan muammolarga yeçim topiş, mahallalar, har bir oilaning turmuş tarziga ijobiy ta’sir körsata oladigan ilmiy asoslantirilgan yondaşuvni joriy qilişda aynan oliygohlar va texnikumlar jamoasining ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini keng joriy qiliş masalalari muhokama etildi.

    Mana şunday tizimli yondaşuv va ilmiy-amaliy tajribaning Qoraqalpoğiston Respublikasida boşlanişi ham bejiz emas. Mazkur yiğiliş Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça hududlardagi oliygohlar va texnikumlar faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni ta’lim va innovatsiyalar orqali kuçaytiriş uçun muhim qadam bölişi kutilmoqda.

    Yiğilişda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga topşiriqlar berilib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
      

      

      

      

                                                                                       Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),  ÖzA.