Manfaatlar töqnaşuvi korrupsiyaning asosiy omilidir

18.03.2025220

    Manfaatlar töqnaşuvi korrupsiyaning asosiy omilidir
    Sönggi yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida qonunçilik bazasini şakllantiriş va davlat taşkilotlarida korrupsiyaning oldini oliş böyiça bir qança işlar amalga oşirildi. Unga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, Özbekiston Respublikasining «Birlaşgan Millatlar taşkilotining Korrupsiyaga qarşi kuraş konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) Özbekiston Respublikasining qöşilişi töğrisida»gi hamda Özbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunlari qabul qilindi.

    Korrupsiyaning asosini taşkil qiluvçi omillardan biri, bu manfaatlar töqnaşuvi muammosidir. Davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida işlovçi barça darajadagi mansabdor şaxslar örtasida manfaatlar töqnaşuvi kelib çiqişi mumkin. Şu sababli davlat hokimiyati tizimidagi manfaatlar töqnaşuvini ijobiy hal qiliş hozirgi davrda korrupsiyaga qarşi kuraşning muhim vazifalaridan biri bölib turibdi. Uni hal qiliş maqsadida joriy yil uzoq kutilgan Özbekiston Respublikasining «Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi qonuni qabul qilindi. Qonunning maqsadi manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq munosabatlarni tartibga solişdan iborat. 

    Unda: «Manfaatlar töqnaşuvi – şaxsning şaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning öz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarişiga ta’sir körsatayotgan yoxud ta’sir körsatişi mumkin bölgan hamda şaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, taşkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar töqnaşuvi) yoki yuzaga kelişi mumkin bölgan (ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi) vaziyat», deya ta’rif berilgan.

     Uşbu qonunga asosan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga ham özgartiş va qöşimçalar kiritildi. 

    Özbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonuniga asosan işlab çiqilgan Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida nizom potensial manfaatlar töqnaşuviga (xodimning, uning yaqin qarindoşlarining va taşkilot bilan boğliq bölgan şaxsning şaxsiy manfaatlari muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda, ular taşkilotning manfaatlariga qarama-qarşi bölişi va taşkilot xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarişiga ta’sir qilişi mumkin bölgan vaziyat) hamda haqiqiy manfaatlar töqnaşuviga (xodimning, uning yaqin qarindoşlarining va taşkilot bilan boğliq bölgan şaxsning şaxsiy manfaatlari taşkilot manfaatlariga bevosita yoki bilvosita qarama-qarşi bölgan vaziyat) bölinadi.

    Davlat boşqaruvida manfaatlar töqnaşuvini hal qiliş uçun qonunning qabul qilingani nafaqat davlat fuqarolik xizmatçilarining xizmat vazifalarini samarali bajarişlariga, balki xizmatda yuzaga kelişi mumkin bölgan suiiste’molliklarni bartaraf etişi, davlat taşkilotlariga nisbatan aholining işonçi oşişiga xizmat qiladi. Bu ularning ijtimoiy faolligini oşiriş imkonini berdi. 

    Manfaatlar töqnaşuviga qarşi kuraşning muhim jihati jamoatçilik nazorati mexanizmini yaratiş hisoblanadi. Fuqarolarni mansabdor şaxslar va taşkilotlarning xatti-harakatlari ustidan nazoratni amalga oşirişga jalb etiş — davlat fuqarolik xizmatçilarining mas’uliyatini sezilarli darajada yuksaltiradi. Jamoatçilik nazorati va şaffoflikdan foydalaniş  idoralarning zaif tomonlarini aniqlaşga yordam beradi, bu esa tizimni doimiy ravişda takomillaştirişga olib keladi. 

    Uşbu mexanizmlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun davlat organlari va fuqarolik jamiyati örtasidagi samarali hamkorlikni ta’minlaş zarur. Jamoatçilik bilan muntazam maslahatlaşuvlar nafaqat manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq dolzarb muammolarni aniqlaş, balki ularni bartaraf etiş böyiça yeçimlarni işlab çiqiş imkonini beradi. 

    Qaror qabul qilişning har bir bosqiçida şaffoflikni ta’minlaş uçun blokçeyn kabi texnologiyalarni joriy etiş ham muhimdir. Bunday tizimlardan foydalaniş mansabdor şaxslarning barça xatti-harakatlarini kuzatişga yordam beradi. Bu esa qonunbuzarliklarning oldini olib, yaşirin korrupsiya harakatlarini qiyinlaştiradi va mansabdor şaxslarning javobgarlik mas’uliyatini oşiradi.

    Manfaatlar töqnaşuvini samarali boşqariş nafaqat texnologiya va nazorat mexanizmlarini, balki mansabdor şaxs va xodimlar örtasida xulq-atvor madaniyatini yaratişni ham talab qiladi. Axloqiy tayyorgarlik kasbiy tayyorgarlikning majburiy qismi bölişi kerak, bunda manfaatlar töqnaşuvi qabul qilib bölmaydigan deb qaraladigan va zudlik bilan hal qilinişi kerak bölgan muhitni yaratişga yordam beradi. Xavfsiz va axloqiy muhitni yaratiş nafaqat jamoatçilik işonçini oşiradi, balki butun jamiyatning barqaror rivojlanişi uçun asos bölib xizmat qiladi. 

    Manfaatlar töqnaşuvi korrupsiyaning rivojlanişiga doimiy ravişda özining hissasini qöşib boradi va bir qator tahdidlarni keltirib çiqaradi: 

    Xususan, qaror qabul qilişdagi qiyinçiliklar – turli manfaatlarga ega bölgan tomonlar örtasidagi töqnaşuv qaror qabul qiliş jarayonini murakkablaştiradi va keçiktiradi.

    Ijtimoiy taranglik – manfaatlar töqnaşuvi ijtimoiy guruhlar örtasida taranglik va nizolarni kuçaytiradi, jamoatçilik orasida işonçni pasaytiradi.

 Şuningdek, resurslarni samarali taqsimlamaslik – raqobat va töqnaşuv natijasida resurslar samarali taqsimlanmasligi, ba’zi tomonlarning foydasiga xizmat qilişi yoki resurslarning isrof bölişiga olib keladi.

    Kreativlik va innovatsiyaning pasayişi – agar manfaatlar töqnaşuvi doimiy ravişda mavjud bölsa, bu taraflarning hamkorligini kamaytirib, yangi ğoyalar va innovatsiyalarning rivojlanişga xalaqit beradi.

    Şu bois manfaatlar töqnaşuvini hal etiş uçun samarali muloqot, murosaga erişiş strategiyalari va konstruktiv yeçimlarni işlab çiqiş zarurdir.

    Manfaatlar töqnaşuvi davlat boşqaruvidagi jiddiy muammolardan biri bölib, uning oldini olişda individual çora-tadbirlar, kengroq islohotlarni öz içiga olgan tizimli yondaşuv talab qilinadi.

    Ma’lumot sifatida aytiş mumkinki, davlat boşqaruvi tizimidagi korrupsiya körinişlari uzoq tarixga ega illat. Öz vaqtida fransuz adibi, huquqşunos va faylasufi Ş.Monteske: «…asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bölgan şaxs uni suiiste’mol qilişga moyil böladi va u ma’lum bir maqsadga erişmagunça şu yönalişda yuradi», deb ta’kidlagan edi.

    Davlat hokimiyati mansabdor şaxslarga nafaqat ğamxörlik qilişi, balki ularga nisbatan köproq talablar qöyişi, xalqqa, davlatga munosib xizmat qilişlari uçun turmuş tarzini kuzatib borişi, har xil imtiyozlar berişni tuxtatişi lozim.

    Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma’lumotlardan ayon bölişiça, köpgina mansabdor şaxslar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilmoqda. Agar ayrim mansabdor şaxslar manfaatlar töqnaşuvini sodir qilmay, öziga yuklatilgan vazifani vijdonan olib borganida, vatanparvar bölganida, haşamatli uylarda yaşamagan, qimmatbaho maşinalarda yurmagan, farzandlari nufuzli ta’lim muassasalarida öqimagan bölar edi. 

    Davlat xizmatidagi korrupsiya muammolarini örganuvçilar huquqiy böşliqlarni bartaraf etiş maqsadida korrupsiyaga qarşi qonunçilikni yanada rivojlantiriş zarur, deb hisoblaydilar. Xususan, daromadlar töğrisidagi deklaratsiyani taqdim etişdan taşqari, mansabdor şaxs, uning oila a’zolari va yaqinlari manfaatdor bölişi mumkin bölgan barça ob’ektlarni körsatgan holda, manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi maxsus deklaratsiya joriy etilsa, maqsadga muvofiq bölar edi. 

    Şveysariyada bunday deklaratsiyalar hatto muzokaralar böyiça hamkorlarga ham taqdim etiladi. Masalan, deklaratsiyada mansabdor şaxsning rafiqasi «N» kompaniyasi boşqaruvi a’zosi ekanligi körsatilgan bölsa, u ham, uning qöl ostidagi xodimlari ham uşbu kompaniyalarga nisbatan qaror qabul qila olmaydi

    Qabul qilinayotgan qarorlar har doim oçiq va xolis bölişi, heç qanday diniy, kasbiy, etnik yoki oilaviy imtiyozlarsiz qabul qilinişi kerak. Davlat fuqarolik xizmatçilari özining davlat oldidagi burçini xolislik, halollik va oçiqlik tamoyillari asosida bajarişi zarur. 

    Korrupsiyaning şakllaridan bölgan mahalliyçilik, favoritizm, nepotizm, şafelik, uruğ-aymoqçilik manfaatlar töqnaşuvining asosi hisoblanadi.

    Mahalliyçilik – milliy va umumdavlat manfaatlarini hisobga olmay, mahalliy manfaatlarni, ya’ni nasliy kelib çiqişi hamda yaqin qarindoşlarining manfaatlarini közlab iş tutişi hisoblanadi. 

    Şuningdek, ma’lum bir şaxs boşqa şaxs yoki şaxslar guruhi manfaatlariga qaraganda bitta şaxs yoki şaxslar guruhi manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratişi "favoritizm" deyiladi. 

    Nepotizm (taniş-bilişçilik) – qarindoşlari yoki döstlariga ularning kasbiy fazilatlaridan qat’i nazar, noqonuniy imtiyozlar berişidir.

    Şafelik esa şaxs lavozimi yuqoriroq bölgan boşqa xodim tomonidan qulay mehnat şaroitlarini yaratib beriş şaklidagi himoyasi, uni yoqlab yonini olişiga aytiladi.

    Ta’kidlaş joizki, uruğ-aymoqçilik – şaxsning avlod-ajdodlari bir bölgan sulolaga mansublik asosida uçinçi şaxslarga nisbatan sub’ektiv, imtiyozli va noxolis munosabat şaklidagi şaxsiy manfaatdorlik korrupsiyaning ayovsiz urçişiga sabab böladi.

    Davlat fuqarolik xizmatçisi lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajariş çoğida manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelgan taqdirda öz iş yurituvidagi hujjatlar böyiça qaror qabul qilinguniga qadar bevosita rahbariga (taşkilot rahbari – yuqori turuvçi rahbariga) yoki maxsus bölinmaga xabar berişi lozimligi «Manfaatlar töqnaşuvi» töğrisidagi qonunda belgilangan qöyilgan.

    Şu fikr-mulohazalardan kelib çiqib aytiş joizki, har bir davlat fuqarolik xizmatçisi manfaatlar töqnaşuvi holatlarining oldini oliş va tartibga soliş böyiça mas’ul ekanligini unutmasligi lozim va uşbu illatni bartaraf qilişda yuqorida keltirilgan omillarga e’tibor qaratişi zarur. 

                                                         Şuhrat Turdiqulov, Toşkent şahar hokimligi Korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölimi boşliği,                                                                            Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi tadqiqotçisi,                                                                                                                    sotsiologiya fanlari böyiça falsafa doktori, ÖzA