“Islohotlar bilimdoni” Respublika körik-tanlovining final bosqiçi bölib ötmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Islohotlar bilimdoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi boşlandi.
Final bosqiçini oçib beriş uçun Markaz direktori Abdumalik Akramov sözga çiqib, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi strategik islohotlarning yurtimiz hayotidagi ahamiyati, ularni amalga oşirişda ta’lim sohasi vakillarining örni muhim ekanligni ta’kidlab, tanlov iştirokçilariga omad tiladi.
Şundan söng, final bosqiçining 2-şarti böyiça iştirokçilarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy tarğibot sohasidagi faoliyati hamda amalga oşirgan işlari taqdimotlari boşlandi. Barça iştirokçilarning çiqişlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor taşkilotlar mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan töğridan-töğri baholab borilib, şu joyning özida ballar e’lon qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, tanlovning yakuniy bosqiçida ğolib deb topilgan iştirokçilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-örin: BHMning 45 barobari miqdorida;
2-örin: BHMning 40 barobari miqdorida;
3-örin: BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti.


