“Biz bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz”

10.11.2023131

    “Biz bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz”

    “Ma’naviyat marafoni” Hazrat Mir Alişer Navoiy haykali poyiga gul qöyiş bilan boşlandi. Şundan söng, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy kuy sadolarimiz ostida Toşkent muzeyi oldida oçiliş marosimi boşlandi.

    Marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi şöba rahbari Abduhalil Mavrulov, Toşkent şahar hokimi maslahatçisi Rustam Kalonov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Xodjimatovlar sözga çiqib, ma'naviyat, milliy qadriyatlar, odob-axloq, milliy özligimiz va ularning Yangi Özbekistonni qurişdagi ahamiyati haqida fikrlarini bildirib ötişdi.

    Uşbu marafonni taşkil etişda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi xodimlari faollik körsatişmoqda.

    Oçiliş marosimi milliy raqs, kuy-qöşiq navolariga ulanib ketdi. 24 ta oliy ta’lim muassasalari tomonidan ham tadbirlar taşkil etilmoqda.

    Ma’lumot örnida, soat 14:00 dan e’tiboran marafon tadbirlari Özbekiston Milliy universiteti hududida davom etadi. Ma’naviyat marafoni davomida Zakovat intellektual bellaşuvi, muşoira aytişuvlari, san’at namunalari körgazmasi, QvZ jamoalari çiqişlari, katta gulxan atrofidagi tadbirlar hamda tantanali yopiliş marosimi va yakuniy taqdirlaş marosimi ötkazilişi rejalaştirilgan.

    Barça talaba-yoşlarni Özbekiston Milliy universitetiga Ma’naviyat marafoni tadbirlariga taklif qilamiz.