Qoraqalpoq tili kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir ötkazildi.

29.11.2024218

Qoraqalpoq tili kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir ötkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Toşkent kimyo-texnologiya instituti, Toşkent davlat agrar universiteti hamda Toşkent pediatriya tibbiyot instituti bilan hamkorlikda “Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat tili töğrisida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri taşkil etildi.  Unda yozuvçilar, şoirlar, adabiyotşunos olimlar, keng jamoatçilik va talaba-yoşlar iştirok etdi.

 Tadbir Adiblar xiyobonida örnatilgan Berdaq haykali poyida gul qöyiş marosimi bilan boşlandi. Şundan söng, Yozuvçilar uyuşmasi tadbirlar zalida ma’naviy-ma’rifiy keça taşkil etildi. Tadbirni uyuşma raisi Sirojiddin Sayyid oçib berib, yiğilganlarni “Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat tili töğrisida”gi qonuni qabul qilinganligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda sözga çiqqanlar ona tilimizni yanada rivojlantiriş, milliy urf- odatlar va qadriyatlarimiz nufuzini yanada oşiriş va ularni keng tarğib qiliş, yoş avlodni vatanparvarlik, milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalaşda muhim örin egallaşi haqida ta’kidladilar.