Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Volontyorlar klubi” taşkil etildi.
Köngilli-talabalar bilan taşkil etilgan uçraşuvda 100 dan ortiq talabalar iştirok etdi. Ularga Markaz bölim boşliği Izzatxöja Asomiddinov markaz faoliyati va barça bölimlari haqida ma’lumot berib, birgalikda amalga oşirilişi közda tutilayotgan loyihalar haqida taqdimot qildi. Talabalarning bu boradagi takliflarini tinglab, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Şundan söng taşrif buyurgan talabalar klubga a’zolik anketasini töldirişdi.
Uçraşuvdan söng iqtidorli va faol talaba-yoşlar jamoasidan iborat volontyorlar guruhi qiziqişlaridan kelib çiqqan holda bölimlarga taqsimlanib, ularning faoliyati bilan tanişdi. Ularga kelgusida öz qiziqişlaridan kelib çiqqan holda bölimlarda faoliyat yuritiş hamda öz ğoya va taşabbuslarini amalga oşiriş uçun yetarliça imkoniyat yaratib berilişi ta’kidlandi.









