“Yilning eng faol talabasi” va “Yilning eng faol öquvçisi” nomzodlarining hujjatlari saralanmoqda

11.12.2024353

“Yilning eng faol talabasi” va “Yilning eng faol öquvçisi” nomzodlarining hujjatlari saralanmoqda

     Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamda hamkor Vazirlik idoralaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan 2024-yilning 10-13-dekabr kunlarida “Yilning eng faol talabasi” va “Yilning eng faol öquvçisi” körik-tanlovlarining respublika bosqiçi hujjatlarini saralaş jarayonlari ötkazilmoqda.

    Oliy ta’lim muassasalarida “Yilning eng faol talabasi” tanlovi 7 nominatsiya böyiça taşkil etilib, unda jami 10 mingga yaqin talaba qatnaşgan. Tanlovning respublika bosqiçiga 600 ta hujjat kelib tuşgan bölib, har bir nominatsiya böyiça ekspertlar saralaşidan ötgan 5 nafardan ğolib keyingi bosqiçda iştirok etiş huquqiga ega böladi.

    “Yilning eng faol öquvçisi” tanlovi esa 5 nominatsiya asosida ötkazilib, unda jami 3000 ga yaqin öquvçi iştirok etgan. Uşbu tanlovda ham, har bir nominatsiya böyiça yuqori baholangan 5 nafardan nomzod Respublika bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritadi. 

    Tanlab olingan nomzodlar sohaga doir savollar asosida suhbatdan ötkaziladi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-örinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi.

    Ğoliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplomlari, statuetka hamda Nizom asosida belgilangan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Har bir nominatsiya böyiça suhbat bosqiçiga saralangan iştirokçilar röyxati jarayon yakunlanganidan söng, rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi.